ORGAN VA ORGANLAR SISTEMASI — 7-sinf Biologiya test savollari

Bu mavzuda 75 ta test savoli bor. Quyida 10 ta namuna — to'liq test va javoblar kaliti ro'yxatdan o'tgandan keyin ochiladi.

  1. 1.Organizmning muayyan tuzilishga ega, aniq vazifani bajaradigan qismi nima deb ataladi?

    • A)To'qima
    • B)Organ
    • C)Organoid
    • D)Sistema
  2. 2.O'simlikning yerosti vegetativ organi qaysi?

    • A)Gul
    • B)Poya
    • C)Ildiz
    • D)Barg
  3. 3.Bir o'simlikning barcha ildizlari yig'indisi nima deb ataladi?

    • A)Ildiztugunak
    • B)Novda tizimi
    • C)Ildizmeva
    • D)Ildiz tizimi (sistemasi)
  4. 4.Ildiz tizimi tuzilishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?

    • A)Ildizmeva va ildiztugunak
    • B)Asosiy va yon ildiz
    • C)O'q ildiz va popuk ildiz
    • D)Havo va so'rg'ich ildiz
  5. 5.O'simlik organlari funksional jihatdan qanday ikki xil bo'ladi?

    • A)Asosiy va yon organlar
    • B)Sodda va murakkab organlar
    • C)Vegetativ va generativ organlar
    • D)Yerusti va yerosti organlar
  6. 6.Bir urug'pallali o'simliklarda popuk ildiz tizimi qanday hosil bo'ladi?

    • A)Urug'ning bevosita yerga tushishi bilan
    • B)Urug' murtagining boshlang'ich ildizi rivojlanishdan to'xtab, poyadan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqishi bilan
    • C)Asosiy ildiz doimiy rivojlanib borishi bilan
    • D)Faqat bargdan ildiz o'sib chiqishi bilan
  7. 7.Pomidor, karam kabi o'simliklardan mo'l hosil olish uchun ko'chatlarni ko'chirib o'tqazishdan avval nima qilinadi?

    • A)Barglari kesib tashlanadi
    • B)Ildizning uchki qismi chilpib tashlanadi
    • C)Poyasi qisqartiriladi
    • D)Urug'i sovutiladi
  8. 8.Ildizning uchki qismidagi bo'linuvchi qism shikastlansa nima yuz beradi?

    • A)Ildizning bo'yiga o'sishi to'xtaydi va yonildizlarning hosil bo'lishi kuchayadi
    • B)Ildiz butunlay nobud bo'ladi
    • C)Ildiz rangini o'zgartiradi
    • D)O'simlik gullamay qoladi
  9. 9.Ildizmeva va ildiztugunak hosil bo'lishi jihatidan bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

    • A)Ildizmeva asosiy ildizdan, ildiztugunak esa yon va qo'shimcha ildizlar shakli o'zgarishidan hosil bo'ladi
    • B)Ildizmevada oziq modda to'planmaydi
    • C)Ildizmeva poyadan, ildiztugunak bargdan hosil bo'ladi
    • D)Ikkalasi ham faqat popuk ildizdan hosil bo'ladi
  10. 10.Zarpechak va shumg'iya kabi parazit o'simliklarda qanday ildiz turi rivojlangan?

    • A)Ildizmeva
    • B)Tayanch ildizlar
    • C)So'rg'ich ildizlar
    • D)Havo ildizlari

«ORGAN VA ORGANLAR SISTEMASI» bo'yicha barcha 75 ta savolni javoblari bilan oling: Test Generator ularni variantlarga bo'ladi, DTM titulida chop etadi va javob varaqalarini rasm orqali tekshiradi.

Bepul sinab ko'rish

7-sinf Biologiya: boshqa mavzular

Birinchi testingizni bugun tayyorlang

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa vaqt oladi.

Bepul sinab ko'rish