Gidrodinamika va aerodinamika — Masalalar yechish — 10-sinf Fizika test savollari

Bu mavzuda 15 ta test savoli bor. Quyida 10 ta namuna — to'liq test va javoblar kaliti ro'yxatdan o'tgandan keyin ochiladi.

  1. 1.Trubaning ko'ndalang kesimidan yarim soatda 500 l karbonat angidrid gazi oqib o'tgan bo'lsa, gazning oqim tezligini toping (truba diametri 2 cm).

    • A)0,88 m/s
    • B)0,22 m/s
    • C)0,44 m/s
    • D)1,76 m/s
  2. 2.Trubaning ko'ndalang kesimidan yarim soatda 0,51 kg karbonat angidrid gazi oqib o'tgan bo'lsa, gazning oqim tezligini toping (zichligi 7,5 kg/m3, diametri 2 cm).

    • A)0,06 m/s
    • B)0,12 m/s
    • C)0,24 m/s
    • D)0,48 m/s
  3. 3.Bo'yi 5 m bo'lgan sisternada yerdan 50 cm balandlikda jo'mrak o'rnatilgan. Jo'mrak ochilsa, undan suyuqlik qanday tezlik bilan otiladi? (g=10 m/s2)

    • A)10 m/s
    • B)6,7 m/s
    • C)9,5 m/s
    • D)19 m/s
  4. 4.Quvurning tor qismida suvning oqish tezligi 2 m/s. Diametri 2 barobar katta bo'lgan qismida suv qanday tezlik bilan oqadi?

    • A)8 m/s
    • B)1 m/s
    • C)4 m/s
    • D)0,5 m/s
  5. 5.Bo'yi 5 m bo'lgan sisterna tagiga jo'mrak o'rnatilgan. Jo'mrak ochilsa, suyuqlik qanday tezlik bilan otilib chiqadi? (g=10 m/s2)

    • A)10 m/s
    • B)7,1 m/s
    • C)9,9 m/s
    • D)20 m/s
  6. 6.Vodoprovod quvurining tirqishidan suv tik yuqoriga 1,25 m balandlikkacha otilayotgan bo'lsa, suvning tirqishdan otilib chiqish tezligini toping. (g=10 m/s2)

    • A)3,54 m/s
    • B)5 m/s
    • C)10 m/s
    • D)25 m/s
  7. 7.Suv sarfi o'zgarmagan holda, quvurda suvning oqish tezligi 1,21 marta kamaysa, quvurning ko'ndalang kesim yuzi qanday o'zgaradi?

    • A)1,21 marta kamayadi
    • B)1,1 marta ortadi
    • C)1,21 marta ortadi
    • D)1,4641 marta ortadi
  8. 8.Quvurning keng qismida suvning tezligi 20 cm/s. Diametri undan 1,5 marta kichik bo'lgan tor qismida suvning tezligi qancha bo'ladi?

    • A)30 cm/s
    • B)8,9 cm/s
    • C)90 cm/s
    • D)45 cm/s
  9. 9.Gorizontal joylashgan quvurning keng qismida neftning (zichligi 800 kg/m3) oqish tezligi 2 m/s. Quvurning keng va tor qismlaridagi statik bosimlar farqi 6,65 kPa bo'lsa, tor qismidagi tezlikni toping.

    • A)4,54 m/s
    • B)3,51 m/s
    • C)4,08 m/s
    • D)5,20 m/s
  10. 10.Qanotlarining yuzi 40 m2 bo'lgan samolyot gorizontal uchayotganda qanotlari ostidagi bosim 98 kPa, ustidagi bosim 97 kPa bo'lsa, ko'tarish kuchini toping.

    • A)4 kN
    • B)40 kN
    • C)400 kN
    • D)78 kN

«Gidrodinamika va aerodinamika — Masalalar yechish» bo'yicha barcha 15 ta savolni javoblari bilan oling: Test Generator ularni variantlarga bo'ladi, DTM titulida chop etadi va javob varaqalarini rasm orqali tekshiradi.

Bepul sinab ko'rish

10-sinf Fizika: boshqa mavzular

Birinchi testingizni bugun tayyorlang

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa vaqt oladi.

Bepul sinab ko'rish