Jahon tarixi — XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida fan va madaniyatning rivojlanishi — Aniq va tabiiy fanlar rivoji — 9-sinf Jahon tarixi test savollari

Bu mavzuda 15 ta test savoli bor. Quyida 10 ta namuna — to'liq test va javoblar kaliti ro'yxatdan o'tgandan keyin ochiladi.

  1. 1.1904-yilda aerodinamikaning hozirgi zamon taraqqiyoti uchun asos bo'lgan qanotning ko'tarish kuchini aniqlash formulasini kim yaratdi?

    • A)D.I. Mendeleyev
    • B)N.Y. Jukovskiy
    • C)A. Bekkerel
    • D)E. Rezerford
  2. 2.1895-yilda ko'zga ko'rinmas, "X nurlar" deb atalgan nurlarni kashf etgan nemis olimi kim?

    • A)V. Rentgen
    • B)N. Bor
    • C)A. Eynshteyn
    • D)T. Shvan
  3. 3.Barcha kimyoviy elementlarning atom og'irliklari o'rtasidagi bog'liqlikni 1869-yilda kashf etib, davriy sistemani yaratgan rus olimi kim?

    • A)N.I. Lobachevskiy
    • B)D.I. Mendeleyev
    • C)M.G. Kucherov
    • D)I.P. Pavlov
  4. 4.Uran atomlari yaqin joyda turgan jismlardan o'tib ketadigan nurlarni birinchi bo'lib aniqlagan fransuz fizigi kim?

    • A)A. Bekkerel
    • B)P. Kyuri
    • C)M. Sklodovskaya-Kyuri
    • D)V. Rentgen
  5. 5.Poloniy va radiy elementlarini ajratishga muvaffaq bo'lgan er-xotin olimlar kim?

    • A)P. va A. Bekkerel
    • B)P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri
    • C)E. va N. Rezerford
    • D)G. va T. Mendel
  6. 6.1905-yilda nisbiylik nazariyasining asosiy g'oyalarini e'lon qilgan nemis olimi kim?

    • A)V. Rentgen
    • B)N. Bor
    • C)A. Eynshteyn
    • D)E. Rezerford
  7. 7.Hamma atomlar og'ir yadroga ega ekanligini isbotlab, atomning planetar modelini yasagan ingliz fizigi kim?

    • A)A. Bekkerel
    • B)E. Rezerford
    • C)N. Bor
    • D)A. Eynshteyn
  8. 8.Rezerfordning atom modeliga tuzatish kiritib, elektronlar orbitadan orbitaga o'tganda kvant chiqarishini aytgan daniyalik fizik kim?

    • A)V. Rentgen
    • B)N. Bor
    • C)T. Shvan
    • D)A. Bekkerel
  9. 9.Ba'zi irsiyat qonunlarini kashf etib, genetika fanining rivojlanishiga asos solgan olim kim?

    • A)I.P. Pavlov
    • B)G. Mendel
    • C)L. Paster
    • D)Ch. Darvin
  10. 10.Inson xatti-harakatining negizida bosh miya qobig'ida yuz beradigan moddiy fiziologik jarayonlar yotishini isbotlagan rus fiziologi kim?

    • A)R. Kox
    • B)I.P. Pavlov
    • C)F.A. Lesh
    • D)R. Virxov

«Jahon tarixi — XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida fan va madaniyatning rivojlanishi — Aniq va tabiiy fanlar rivoji» bo'yicha barcha 15 ta savolni javoblari bilan oling: Test Generator ularni variantlarga bo'ladi, DTM titulida chop etadi va javob varaqalarini rasm orqali tekshiradi.

Bepul sinab ko'rish

9-sinf Jahon tarixi: boshqa mavzular

Birinchi testingizni bugun tayyorlang

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa vaqt oladi.

Bepul sinab ko'rish