To'g'ri to'rtburchak va parallelogrammning yuzi — 8-sinf Geometriya test savollari

Bu mavzuda 16 ta test savoli bor. Quyida 10 ta namuna — to'liq test va javoblar kaliti ro'yxatdan o'tgandan keyin ochiladi.

  1. 1.To'g'ri to'rtburchakning yuzi 150 cm² ga, tomonlarining nisbati esa 3:2 kabi. Shu to'g'ri to'rtburchakning perimetrini toping.

    • A)50 cm
    • B)25 cm
    • C)60 cm
    • D)100 cm
  2. 2.Parallelogrammning tomonlari 25 cm va 20 cm, birinchi tomoniga tushirilgan balandlik 8 cm ga teng. Shu parallelogrammning ikkinchi tomoniga tushirilgan balandligini toping.

    • A)10 cm
    • B)8 cm
    • C)12,5 cm
    • D)6,4 cm
  3. 3.ABCD parallelogrammda AD = 20 cm, BD = 16 cm, ÐBDA = 30°. Parallelogrammning yuzini toping.

    • A)160 cm²
    • B)80 cm²
    • C)320 cm²
    • D)277 cm²
  4. 4.To'g'ri burchakli uchburchakning katetlari 12 cm va 24 cm. Gipotenuzaning o'rtasidan katetlarga tushirilgan perpendikulyarlar orqali hosil bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning yuzini toping.

    • A)72 cm²
    • B)144 cm²
    • C)36 cm²
    • D)288 cm²
  5. 5.Parallelogrammning yuzi 36 cm², balandliklari 3 cm va 4 cm ga teng. Shu parallelogrammning perimetrini toping.

    • A)42 cm
    • B)21 cm
    • C)84 cm
    • D)48 cm
  6. 6.Parallelogrammning tomonlari 20 cm va 28 cm, ular orasidagi burchak 30° ga teng. Parallelogrammning yuzini toping.

    • A)280 cm²
    • B)560 cm²
    • C)140 cm²
    • D)485 cm²
  7. 7.To'g'ri to'rtburchakning tomonlari 2,5 dm va 12 cm ga teng. Uning yuzini toping.

    • A)300 cm²
    • B)37 cm²
    • C)150 cm²
    • D)60 cm²
  8. 8.To'g'ri to'rtburchakning tomonlari 24 cm va 20 cm ga teng. Uning yuzini toping.

    • A)480 cm²
    • B)44 cm²
    • C)88 cm²
    • D)240 cm²
  9. 9.To'g'ri to'rtburchakning bir tomoni 15 dm, ikkinchi tomoni esa undan 5 marta ortiq. Uning yuzini dm² da toping.

    • A)1125 dm²
    • B)90 dm²
    • C)1350 dm²
    • D)225 dm²
  10. 10.Parallelogrammning asosi 10 cm, unga tushirilgan balandligi 0,5 m ga teng. Parallelogrammning yuzini cm² da toping.

    • A)500 cm²
    • B)5 cm²
    • C)50 cm²
    • D)100 cm²

«To'g'ri to'rtburchak va parallelogrammning yuzi» bo'yicha barcha 16 ta savolni javoblari bilan oling: Test Generator ularni variantlarga bo'ladi, DTM titulida chop etadi va javob varaqalarini rasm orqali tekshiradi.

Bepul sinab ko'rish

8-sinf Geometriya: boshqa mavzular

Birinchi testingizni bugun tayyorlang

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa vaqt oladi.

Bepul sinab ko'rish